--- license: apache-2.0 language: - uz - en base_model: mistralai/Mistral-7B-Instruct-v0.3 library_name: transformers tags: - text-generation-inference - summarization - translation - question-answering pipeline_tag: text-generation --- # LYRA-Uz **LYRA-Uz** — o‘zbek tilida yuqori sifatli ko‘rsatmalarni bajaruvchi (instruction-tuned) ochiq manbali til modeli. **Mistral-7B-Instruct-v0.3** arxitekturasi asosida o‘zbek va ingliz tillaridagi maʼlumotlar bilan maxsus oʻqitilgan. Apache 2.0 litsenziyasi bilan erkin foydalanish mumkin. ## Asosiy imkoniyatlari - **Savol-javob** — o‘zbek tilidagi umumiy bilim savollariga javob beradi - **Matnni umumlashtirish** — uzoq matnlarni qisqacha bayon qiladi - **Tarjima** — o‘zbek ↔ ingliz tillari o‘rtasida tarjima qiladi - **Matn tasnifi** — yangiliklar, hissiy tahlil va boshqa toifalarga ajratadi - **Ko‘rsatmalarni bajarish** — berilgan vazifani ingliz va o‘zbek tillarida tushunib, bajaradi ## Tezkor ishlatish ```markdown ```python from transformers import AutoTokenizer, AutoModelForCausalLM tokenizer = AutoTokenizer.from_pretrained("Abduqodir06/Lyra-Uz") model = AutoModelForCausalLM.from_pretrained( "Abduqodir06/Lyra-Uz", load_in_4bit=True, device_map="auto" ) prompt = "O'zbekiston poytaxti qaysi?" inputs = tokenizer(prompt, return_tensors="pt").to("cuda") outputs = model.generate(**inputs, max_new_tokens=128) print(tokenizer.decode(outputs[0], skip_special_tokens=True)) ``` ## LYRA loyihasi haqida Ushbu model **LYRA (Large Uzbek Language Reasoning Architecture)** loyihasining bir qismidir. To‘liq loyiha quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (hozirda ustida ish olib borilmoqda): 1. **Tokenizer optimallashtirish** — o‘zbek tili morfologiyasiga mos BPE 2. **RAG va veb-qidiruv** — bilimlarni real vaqtda qidirib javob berish 3. **Deploy** — FastAPI, Telegram bot va ommaviy foydalanish > **Hozirgi holat**: Ushbu repo’dagi model LYRA loyihasining birinchi tayyor komponentidir. Qo‘shimcha funksiyalar (RAG, veb-qidiruv, maxsus tokenizator) ustida ish olib borilmoqda. ## Texnik maʼlumotlar | Xususiyat | Qiymat | |-----------|--------| | **Parametrlar soni** | 7 milliard | | **Arxitektura** | Mistral-7B-Instruct-v0.3 | | **Litsenziya** | Apache 2.0 | | **GPU talabi (FP16)** | ~14.5 GB VRAM | | **GPU talabi (4-bit)** | ~4.5 GB VRAM | | **Tillari** | o‘zbek (asosiy), ingliz |